YANTOQ (ALHAGI PSEUDALHAGI DESV.) EKSTRAKTINING TETRAXLORMETAN BILAN CHAQIRILGAN JIGAR SHIKASTLANISHIDA GEPATOPROTEKTOR TA’SIRINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH
Keywords:
yantoq, Alhagi pseudalhagi, fitoterapiya, gepatoprotektor ta’sir, tetraxlormetan, ALT, AST, eksperimental farmakologiya.Abstract
Maqolada xalq tabobatida jigar kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan yantoq (Alhagi pseudalhagi Desv.) o‘t qismi ekstraktining gepatoprotektor ta’siri eksperimental sharoitda o‘rganildi. Tadqiqot oq laboratoriya kalamushlarida tetraxlormetan (CCl4) bilan chaqirilgan o‘tkir toksik jigar shikastlanishi modelida o‘tkazildi. Yantoq ekstrakti qon zardobidagi jigar fermentlari (ALT, AST) faolligini va bilirubin darajasini statistik ishonchli ravishda pasaytirdi. Natijalar yantoq ekstraktining gepatoprotektor xossaga ega ekanligini va fitopreparatlar ishlab chiqishda istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Ahmad M., Mahmood Q., Gulzar K. et al. Antihyperlipidaemic and hepatoprotective activity of Alhagi maurorum // Pakistan Journal of Pharmaceutical Sciences. – 2014. – Vol. 27, No. 3. – P. 657–663.
2. Madrigal-Santillan E., Madrigal-Bujaidar E., Alvarez-Gonzalez I. et al. Review of natural products with hepatoprotective effects // World Journal of Gastroenterology. – 2014. – Vol. 20, No. 40. – P. 14787–14804.
3. Mahmudov R.R. Farmakognoziya. – Toshkent: Tibbiyot, 2020. – 396 b.
4. Olimov H.S., Sotiboldiyeva D.L. O‘zbekiston dorivor o‘simliklari va ulardan foydalanish. – Toshkent: Fan, 2019. – 268 b.
5. Recknagel R.O., Glende E.A., Dolak J.A. et al. Mechanisms of carbon tetrachloride toxicity // Pharmacology & Therapeutics. – 1989. – Vol. 43, No. 1. – P. 139–154.