PROBATSIYA XIZMATI TASHKILIY TUZILISHI VA BOSHQARUV MEXANIZMI
Keywords:
probatsiya, probatsiya xizmati, tashkiliy tuzilish, boshqaruv mexanizmi, huquqiy asoslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar, ijtimoiy moslashtirish, probatsiya nazorати.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada O'zbekiston Respublikasida probatsiya xizmatining tashkiliy tuzilishi, huquqiy asoslari va boshqaruv mexanizmlari kompleks tarzda o'rganilgan. Probatsiya xizmati 2019 yil 1 yanvardan IIV tizimida Jamoat xavfsizligi departamenti tarkibida faoliyat yuritayotgani, markaziy va hududiy bo'linmalar ierarxiyasi, xizmatning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlashning ilmiy-amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, 2024 yil 7 avgustdagi «Probatsiya to'g'risida»gi O'RQ-938 qonuni va bir qator prezident farmon hamda qarorlariga asoslangan tahlil o'tkazilgan. Boshqaruv mexanizmi bo'yicha esa qonuniylik, insonparvarlik, tabaqalashtirish va individual yondashuv, oshkoralik kabi prinsiplar asosida xizmatning amaliy faoliyati yoritilgan.
References
1. O'zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 avgustdagi «Probatsiya to'g'risida»gi O'RQ-938-son Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrdagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4006-sonli Qarori.
3. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi O'RQ-407-son Qonuni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-son Farmoni.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash» to'g'risidagi 27-son Farmoni.
6. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi.
7. Umaralieva D.N. Probatsiya xizmati faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari: O'quv qo'llanma. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2024. – 125 b.
8. Umaralieva D.N., Askarova I.P. Probatsiya faoliyati: Maʼruzalar kursi. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2025/2026. – 370 b.
9. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni qo'llash bo'yicha minimal standart qoidalari (BMT Tokio qoidalari, 1990).
10. Mahbuslar bilan muomala qilish bo'yicha minimal standart qoidalari (Nelson Mandela qoidalari, BMT).