INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA OT SO‘Z TURKUMINING MORFOLOGIK VA LEKSIK XUSUSIYATLARINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
ot so‘z turkumi ,morfologik xususiyatlar, leksik xususiytalar , mavhum otlar, qiyosiy tahlil , agglutinativ til ,egalik kategoriyasi.Abstract
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ot so‘z turkumining morfologik va leksik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida otlarning qo‘shimcha tizimi, ko‘plik va egalik kategoriyalari, kelishik shakllari, sanaladigan va sanalmaydigan otlar, shuningdek so‘z yasash jarayonlari o‘rganildi. O‘zbek tilining agglutinativ tabiati va ingliz tilining analitik tuzilishi asosida ikki til o‘rtasidagi strukturaviy farqlar aniqlandi. Tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida garmmatik ma’no asosan affikslar orqali ifodalansa, ingliz tilida yordamchi so‘zlar va so‘z tartibi muhim rol o‘ynaydi. Natijada ushbu qiyosiy tahlil til tipologiyasi va tarjimashunoslik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ingliz va o‘zbek tillarida ot so‘z turkumi har ikkala til tizimida ham markaziy grammatik birlik hisoblanadi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur tillarda otlarning semantik vazifasi o‘xshash bolib, ular shaxs, predmet, hodisa va mavhum tushunchalarni ifodalaydi. Biroq morfologik tuzilishi jihatidan sezilarli farqlar kuzatiladi. O‘zbek tili agglutinativ til sifatida grammatik ma’nolarni affikslar orqali ifodalaydi. Bir so‘z tarkibida bir nechta grammatik kategoriya ketma-ket qo‘shimchalar yordamida berilishi mumkin masalan, kitoblarimizdan. Ingliz tili esa analitik tuzilishga ega bo‘lib, grammatik munosabatlar ko‘pincha yordamchi so‘zlar va qat’iy so‘z tartibi orqali ifodalanadi: from our books. Kelishik kategoriyasi o‘zbek tilida morfologik shakllar orqali aniq ifodalansa, ingliz tilida bu munosabatlar asosan predloglar yordamida beriladi. Egalik kategoriyasida ham o‘zbek tilida affikslar -ning,-im, -imiz faol ishlatilsa, ingliz tilida ’s konstruktsiyasi va possessive olmoshlar qo‘llanadi.
Ko‘plik kategoriyasida ikkala tilda ham umumiylik mavjud bo‘lsa-da, ingliz tilida noto‘gri shakllar child-children uchrashi tizimning murakkabligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ingliz tilida countable-sanaladigan va uncountable-sanalmaydigan otlar grammatik jihatdan qat’iy farqlanadi, o‘zbek tilida esa bu semantik xarakterga ega.
References
1.Quirk R, Greenbaum S, Leech G, Svartvik, J. A comprehensive grammar
2. of the English language. London: Longman 1985 -372 p
3.G. Orwell,Animal Farm. London: Secker and Warburg 1945-92p
4.R.Murphy, English Grammar in Use. Cambridge University Press 2019-393p
5.D.CrystalD, The Cambridge Encyclopedia of the English Language. Cambridge University Press. 2003-506p
6.https://www.britannica.com (English grammar and literature sections)
7.https://scholar.google.com (linguistic research articles)