MAHALLIY XOMASHYODAN YUQORI OKTANLI BENZIN KOMPONENTLARINI OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Badritdinova Farida Maxamatdinovna Toshkent Davlat Texnika Universiteti t.f.d, professor Author
  • Maxmudova Mohira Davronbek qizi magistranti Toshkent Davlat Texnika Universiteti Author

Keywords:

Yuqori oktanli benzin, mahalliy xomashyo, katalitik reforming, izomerizatsiya, alkillash, tseoforming, gaz kondensati, benzin komponentlari, bifunksional katalizator, oktan soni, aromatik uglevodorodlar, izoparafinlar, neftni qayta ishlash, motor yoqilg‘isi, Euro-5 standarti.

Abstract

Mazkur maqolada mahalliy xomashyo asosida yuqori oktanli benzin komponentlarini olish texnologiyalarini ishlab chiqishning ilmiy-texnologik asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston neft-gaz sanoatida mavjud gaz kondensati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzin fraksiyalari va yengil uglevodorod xomashyolaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Yuqori oktanli komponentlar olishda katalitik reforming, izomerizatsiya, alkillash hamda tseoforming jarayonlarining samaradorligi o‘rganildi. Zamonaviy bifunksional katalizatorlar qo‘llanilishi natijasida benzin tarkibidagi izoparafin va aromatik uglevodorodlar miqdorini oshirish orqali oktan sonini 92–95 birlikkacha yetkazish imkoniyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli motor yoqilg‘ilari ishlab chiqarish hamda ekologik talablar asosida “Euro-5” standartlariga mos avtomobil benzinlari olishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish va neftni qayta ishlash korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari baholandi

References

1. Erkinov H.G‘., O‘rinov U.K. Gaz kondensatidan tseoforming jarayoni orqali yuqori sifatli benzin olish // International Conferences. – 2023. – Vol.1. – №1. – B. 387–394.

2. Yengil benzin fraksiyalarini izomerizatsiyalash jarayonlari // Innovatsion texnologiyalar. – 2023. – Maxsus son. – B. 112–118.

3. Alimova Z. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2011. – 256 b.

4. Kimyoning maxsus boblari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Oliy ta’lim nashriyoti, 2020. – 320 b.

5. Shafizadeh A., Shahbeik H., Nadian M.H. et al. Turning hazardous volatile matter compounds into fuel by catalytic steam reforming: An evolutionary machine learning approach // Fuel Processing Technology. – 2023. – Vol. 245. – P. 107707.

6. O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoatini rivojlantirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar. – Toshkent: O‘zbekneftgaz AJ, 2025.

7. Ахметов С.А. Технология глубокой переработки нефти и газа. – Санкт-Петербург: Недра, 2019. – 544 с.

8. Капустин В.М., Рудин М.Г. Химия и технология переработки нефти. – Москва: Химия, 2018. – 496 с.

Downloads

Published

2026-05-28