XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Authors

  • Imomov Sanjarali Tursunovich Author

Keywords:

kichik biznes, investitsiya faoliyati, xorijiy tajriba, moliyalashtirish, kredit kafolati, venchur kapital, davlat qo‘llab-quvvatlovi, raqamli moliya.

Abstract

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining investitsiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilgan. Tadqiqotda kichik va o‘rta biznesning iqtisodiy o‘sish, bandlik, innovatsion rivojlanish hamda hududiy faollikni ta’minlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, kichik va o‘rta korxonalar dunyo bo‘yicha biznes subyektlarining qariyb 90 foizini tashkil etadi hamda global bandlikning yarmidan ortig‘ini ta’minlaydi; shu bilan birga, ular rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyalashtirishga kirishda jiddiy cheklovlarga duch keladi. Maqolada Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya va Malayziya tajribalari asosida kichik biznes investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishning moliyaviy, institutsional va raqamli mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kichik biznes investitsiya faolligini oshirishda kredit kafolatlari, uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirish, venchur kapital, davlat-xususiy sheriklik, biznes-konsalting va raqamli moliyalashtirish platformalari muhim ahamiyatga ega ekani aniqlangan.

References

1. World Bank Group. SME Finance.

2. OECD. Financing SMEs and Entrepreneurs 2026: Recent trends in SME and entrepreneurship finance.

3. Japan Finance Corporation. Small and Medium Enterprise Unit: Overview of Operations.

4. Ministry of SMEs and Startups of Korea. Ministry of SMEs and Startups Announces Plan for 2025.

5. Enterprise Singapore. Financial Support for Enterprises.

6. British Business Bank. Small Business Equity Tracker 2025.

7. Bank Negara Malaysia. BNM’s Fund for SMEs.

8. SME Corp. Malaysia. Programmes and Initiatives for SMEs.

Downloads

Published

2026-05-28