JINOYAT HUQUQIDA: TAMOM BO’LMAGAN JINOYATLAR TUSHUNCHASI VA TURLARI
Keywords:
tamom bo‘lmagan jinoyat, jinoyat bosqichlari, jinoyatga tayyorgarlik, jinoyatga suiqasd, tugallangan jinoyat, tugallanmagan jinoyat, ixtiyoriy qaytish, jinoyatdan voz kechish, jinoyat tarkibi, ijtimoiy xavflilik, jinoiy javobgarlik, jinoyat huquqi, qasd, huquqiy baholashAbstract
Jinoyat huquqida tamom bo‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari huquqiy nazariyada muhim o‘rin egallaydi, chunki bu institut jinoyat sodir etish jarayonining dastlabki bosqichlarini tartibga soladi. Tamom bo‘lmagan jinoyat deganda, shaxsning jinoyat sodir etishga qaratilgan harakatlari turli sabablarga ko‘ra oxiriga yetmay qolgan holatlar tushuniladi. Ushbu turdagi jinoyatlar odatda ikki asosiy ko‘rinishga bo‘linadi: jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga suiqasd qilish. Jinoyatga tayyorgarlik bosqichida shaxs jinoyat sodir etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, biroq bevosita jinoyatni amalga oshirishga o‘tmaydi. Jinoyatga suiqasd qilishda esa shaxs jinoyatni amalga oshirishni boshlaydi, ammo u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yakuniga yetkaza olmaydi. Mazkur institut jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini baholash, aybni aniqlash hamda adolatli jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1.O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
2.M. Usmonaliyev,P.Bakunov. Jinoyat huquqi(Umumiy qism).Darslik.-T.: Yangi asr avlodi,2010.-662 b.
3.X.R.Occhilov, E.O.Turgunboyev.Jinoyat huquqi.O’quv -uslubiy qo’llanma.
4. Ochilov X.R Jinoyat huquqi umumiy qism. O’quv qo’llanma 108-bet