ISHSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI VA MAMLAKATNING IQTISODIY XAVFSIZLIK DARAJASIGA TA'SIRI
Keywords:
Ishsizlik, bandlik darajasi, mehnat bozori, norasmiy bandlik, mehnat resurslari, iqtisodiy xavfsizlik, hududiy tafovutlar, yangi ish o‘rinlari, iqtisodiy faollik.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston mehnat bozorida ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiy xavfsizlik darajasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 2020–2024-yillar oralig‘ida rasmiy va norasmiy ishsizlik ko‘rsatkichlarining dinamikasi, hududiy tafovutlar hamda mehnat resurslari va bandlik darajasi o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, rasmiy ro‘yxatga olingan ishsizlar soni izchil kamaygan bo‘lsa-da, norasmiy bandlikning yuqoriligi mamlakat mehnat bozorida hali ham tizimli muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Maqolada shuningdek, ishsizlikning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri bandlik siyosati, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mehnat resurslaridan samarali foydalanish omillari orqali baholangan. Hududiy tahlil asosida iqtisodiy faollik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda ishsizlik past, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan viloyatlarda esa yuqori ekani aniqlangan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi va boshqa rasmiy manbalarning ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Maqola yakunida ishsizlikni kamaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish, hududiy tengsizlikni kamaytirish hamda iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
References
1. G‘ofurov, S. (2024). O‘zbekistonda ishsizlik darajasi va uni kamaytirish strategiyalari. In-Academy ilmiy jurnali.
2. Raxmatullayeva, F. (2023). Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. In-Academy jurnali.
3. TSUOS (2022). Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti nashriyoti.
4. Abalkin, L. I. (1994). Ekonomicheskaya bezopasnost: problemy, podxody, opredeleniya. Moskva: Nauka.
5. Rifkin, J. (1995). The End of Work: The Decline of the Global Labor Force and the Dawn of the Post-Market Era. New York: Putnam.
6. Ngubane, M.Z. (2023). Economic growth, unemployment and poverty: Linear and non-linear evidence. Heliyon Journal, Elsevier.