“MA’SUMA” ROMANIDA TARIXIY HAQIQATNING AKS ETISHI

Authors

  • Gulsevar Botirova Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Author

Abstract

Mustaqillikka erishgandan so‘ng har bir sohada biz o‘z erkinliklarimizga ega bo‘ldik. Rossiya istilosi davrida biz o‘z tariximiz, ajdodlarimiz haqida gapira olmas edik. Bu yo‘lga kirganlar “xalq dushmani” degan tamg‘a orttirib olishar edi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng esa tarixiy asarlar dunyo yuzini ko‘rdi. Bularga misol qilib Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini keltirishimiz mumkin. Olim Umarali Normatov quyidagicha fikr bildirgan: “Istiqlol kunlariga kelib, chin yodkorlar ko‘nglida el-yurt uchun nimaniki dard bo‘lsa, barini to‘kib solish imkoni paydo bo‘ldi”. Isajon Sultonning qalamiga mansub “Ma’suma” romani o‘zbek xalqining eng og‘ir yillari – qatag‘on yillari haqida yozilgan. Unda endigina o‘zbek millati orasida ommaviy madaniyat, teatr tomoshalari rivojlanayotgan davr, o‘sha davrdagi istilochilik harakatlari haqida so‘z yuritgan. Hukumat tamonidan e’tirof etilgan “ozodlik”, “hur fikrlash”, “teng huquqlilik”, “oshkoralik” kabi tushunchalar shunchaki bir gap bo‘lgan.

References

1. Normatov U. XX asr manzaralari. –T.: G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.

2. Xudoyberganov N. Parvoz davom etadi. –T.: Gʻ.Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.

3. Mirvaliyev S. Oʻzbek adiblari. –T.: Yozuvchi, 2000.

4. Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. –T.: Oʻqituvchi 1999.

Downloads

Published

2025-11-30