BUXGALTERIYA BALANSI
Keywords:
Buxgalteriya balansi, aktivlar, passivlar, moliyaviy hisobot, kapital, balans tuzilishi, buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, resurslar, majburiyatlar.Abstract
Buxgalteriya balansi – bu tashkilotning moliyaviy holatini aniq va ishonchli tarzda aks ettiruvchi hujjatdir. U tashkilotning aktivlari, passivlari va ularga tegishli kapitalni ko‘rsatadi. Balans – bu moliyaviy hisobotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tashkilotning moliyaviy ahvoli va uning resurslaridan qanday foydalanilayotganini ko‘rsatadi. Maqolada buxgalteriya balansi turlari, uning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati batafsil yoritilgan. Shuningdek, balansi tuzishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar va amaliyotlar haqida ham to‘liq ma'lumotlar berilgan.