KRIMINALISTIKA SOHASIDA SUYAK QOLDIQLARIDAN SHAXSNI IDENTIFIKATSIYA QILISH
Keywords:
Kriminalistika, DNK, identifikatsiya, daktiloskopiya, genom, degradatsiya, kontaminatsiya.Abstract
Sud-biologik ekspertizasining asosiy ko’rib chiqadigan masalalari bu - ashyoviy dalillar va voqea joyida topilgan biologik materiallar asosida biologik materialning kimga tegishli ekanini, ya’ni uning shaxsini aniqlashdir. Ayniqsa biologik material bo’yicha shaxsni aniqlash ekspertizasi natijalari insoniyatga xavf tug’diruvchi og’ir jinoyatchilik ishlarida, ommaviy o‘lim sharoitlarida, jumladan terroristik harakat vaziyatlarida muhim rol o‘ynaydi. Kriminalistika sohasida DNK ni analiz qilish metodlari og‘ir jinoiy ishlarni tez va aniq tadqiq qilish uchun g‘oyat muhim va asosiy ish hisoblaandi. So‘nggi yillarda chet el laboratoriyalari bilan hamkorlikda mikrosatellit polimorf lokuslari asosida molekular – genetik individualizatsiyalash tizimi bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Lekin DNK ni ajratib olish uchun qo‘llaniladigan doimiy bir xil usullar har doim ekspertiza uchun sof, toza, talabga javob beradigan DNK ni olish imkonini bermaydi. Shuning uchun bugungi kunga kelib, ommaviy ofatlar, terroristitik harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar natijasida qolgan juda kuchli chirigan o‘lik va o‘lik qoldiqlari, shuningdek skelet qoldiqlaridan uning shaxsini aniqlash masalasini hal qilish , bu jarayondagi metodlarni qayta ishlab chiqish eng dolzarb masalaga aylanib qoldi.