ODIL YOQUBOVNING “ADOLAT MANZILI” ROMANIDA OBRAZLAR XILMA-XILLIGI
Keywords:
Odil Yoqubov adolat,halollik,samimiylik,tuhmat.Abstract
Mazkur maqolada Odil Yoqubovning “Adolat manzili” romanidagi obrazlar xilma-xilligi, ularning badiiy talqini va ijtimoiy-ma’naviy mazmuni tahlil qilinadi. Asarda tog‘li hududda yashovchi oddiy xalq vakillarining sodda, samimiy va halol hayot tarzi yoritilgan bo‘lib, ular siyosiy jarayonlardan chetda turgan oddiy insonlar sifatida tasvirlanadi. Biroq ayrim ig‘vogar shaxslarning tuhmatlari natijasida bu insonlarning taqdirida keskin burilishlar yuz beradi. Muallif har bir obrazni hayotiy, to‘la-to‘kis yoritgan: ijobiy qahramonlarga nisbatan samimiy mehr, salbiy obrazlarga nisbatan esa nafrat uyg‘otuvchi badiiy tasvirlar orqali kitobxonda kuchli hissiy ta’sir uyg‘otadi. Maqolada aynan shu obrazlar tizimi, ularning funksional yuklamasi va adolat g‘oyasi bilan bog‘liqligi chuqur tahlil qilinadi.