FORMAL VA SUBSTANSIAL SINTAKSIS
Keywords:
Sintaksis, grammatik shakllar, hosila, gap, leksema, modal ma’nolar va hokazo.Abstract
Sintaksis (gr. sintaxys – tuzish, qurish)ning asosi – gap haqidagi ta’limot. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.
Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas.
References
1. Abdurahimova F. Turli tizimli tillarda so‘z yasalishining lingvomadaniy xususiyatlari (Ingliz va o‘zbek tillari misolida). – Farg‘ona, 2024. – 64-b.
2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –Тoshkent. «Talqin», 2005. – 260-b.
3. Mengliyev B. Zamonaviy o‘zbek tili. – Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti, 2023. – 185-b.
4. Muhiddinova X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent. O‘qituvchi, 2006. – 208-b.
5. Qo‘ziyev U. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan o‘quv-uslubiy majmua. – Namangan, 2021. – 234-b.
6. Qozoqova N. Leksikologiyani interfaol ta’lim texnalogiyalari asosida o‘qitish. –Namangan, 2023. – 69-b.
7. Rahmatullayev Sh, Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent. Universitet, 2006. –476-b.
8. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2010. – 590-b.
9. Termiz davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi. “Hozirgi o‘zbek tili”bo‘yicha ma’ruzalar matni,(2- semestr). – 149-b.
10.Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007. – 177-b. 11.Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2003. – 220-b.