YOTOQ YARALARINING OLDINI OLISHDA HAMSHIRALIK PARVARISHINING AHAMIYATI
Abstract
KIRISH (Introduction). Yotoq yaralari uzoq vaqt harakatsiz yotgan bemorlarda eng ko‘p uchraydigan va aksariyat hollarda oldini olish mumkin bo‘lgan asoratdir. Ular bemorga og‘riq keltiradi, infeksiya va sepsis xavfini oshiradi, shifoxonada yotish muddatini va davolash xarajatlarini ko‘paytiradi. Yotoq yarasining paydo bo‘lishi parvarish sifatining ko‘rsatkichi sifatida baholanadi, uning profilaktikasida asosiy vazifa esa bemor yonida doimiy bo‘ladigan hamshira zimmasiga tushadi. Tadqiqotning maqsadi – yotoq yaralarining xavf omillari va oldini olish choralarini ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirish hamda bu jarayonda hamshiraning vazifalarini belgilash.