TEMIRTIKAN (TRIBULUS TERRESTRIS L.) O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA TIBBIYOTDA QO‘LLANISHI
Abstract
KIRISH (Introduction). Temirtikan O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida begona o‘t sifatida keng tarqalgan, xomashyo zaxirasi katta o‘simlikdir. U xalq tabobatida qadimdan siydik haydovchi va quvvatlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda temirtikan asosidagi biologik faol qo‘shimchalar aholi, ayniqsa sportchilar orasida shifokor nazoratisiz keng qo‘llanmoqda. Shu sababli o‘simlikning samaradorligi va xavfsizligini ilmiy dalillar asosida baholash muhim. Tadqiqotning maqsadi – temirtikan o‘simligining botanik ta’rifi, kimyoviy tarkibi, farmakologik ta’siri va qo‘llanishiga oid ma’lumotlarni ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirish.