SO‘LAK BEZLARINING ILK POSTNATAL DAVRDAGI FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
So‘lak bezlari tug‘ilish vaqtida anatomik jihatdan shakllangan, lekin funksional jihatdan yetilmagan bo‘ladi. Shu sababli hayotning birinchi oylarida og‘iz shilliq qavati quruqroq, oson shikastlanadi va kandidozga (og‘iz oqarishiga) moyil bo‘ladi. Bezlarning yoshga xos xususiyatlarini bilish pediatr, stomatolog va morfologlarga me’yorni patologiyadan farqlash, qo‘shimcha ovqat kiritish muddatini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi – yangi tug‘ilganlik va emizikli davrda yirik so‘lak bezlarining tuzilishi va faoliyatiga oid ma’lumotlarni ilmiy adabiyotlar asosida umumlashtirish.