MIRAKI SUV OMBORIDA SUVO‘TLARINING TARQALISHI VA EKOLOGIK TAHLILI
Keywords:
algoflora, Miraki (Hisorak) suv ombori, suv o‘tlarinig tarqalishi, ekologik tahlil, suv ekotizimiAbstract
Ushbu ilmiy tadqiqot ishida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hududida joylashgan Miraki (Hisorak) suv omborida suvo‘tlarining (algoflora) tarqalishi va ularning ekologik holati o‘rganildi. 1983–1988-yillarda qurilgan va umumiy sig‘imi 170 mln m³ bo‘lgan ushbu Miraki suvombori asosan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish, kichik GES orqali energiya ishlab chiqarish hamda mahalliy turizmni rivojlantirish maqsadida barpo etilgan. Tadqiqot davomida Miraki suvomborining turli monitoring nuqtalaridan MN (qirg‘oq bo‘yi, ochiq suv maydoni va chuqur qatlamlarda) suvo‘tlarining tarkibi o‘rganildi, suvo‘tlarining taksonomik xilma-xilligi baholandi va ekologik omillar (suv harorati, pH, ozuqa moddalar miqdori, oqim tezligi va antropogen ta’sir) bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar Miraki suvombori ekotizimining barqarorligini baholash va suv sifatini monitoring qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. Qayumova O.Z. Oʻzbekistonda suv havzalarining algoflorasi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar va ularning tahlili CyberLeninka, 2025.
2. AlgaeBase. World-wide electronic publication, National University of Ireland, Galway. – (accessed: 2025).
3. Dustov B., Shernazarov Sh. Floristic and ecological characteristics of algoflora... E3S Web of Conferences. – 2024.
4. Suv omborlari haqida umumiy ma’lumotlar va Oʻzbekistondagi suv omborlari. – Ziyonet kutubxonasi, 2023.
5. Arifjanov A.M. Suv omborlari gidravlikasi. – Toshkent: TIIAME, 2020.
6. Alimjanova X.A., Rasulov A.A. Suv omborlarida suv o’tlar ekologiyasi va suv sifati monitoringi Oʻzbekiston biologiya jurnali. – 2018.
7.Ergashev A.E. Oʻrta Osiyo suv omborlarining gidrobiologiyasi va algoflora xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2005.
8. Hisorak suv ombori Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000–2005.
9. Hikmatov F.H., Sirliboyeva Z.R., Aytbayev D.P. Koʻllar va suv omborlari. – Toshkent, 2000.
10. Krammer K., Lange-Bertalot H. Bacillariophyceae. – Stuttgart: Gustav Fischer Verlag, 1986–1991.
11. Muzaffarov A.M. Vodorosli Sredney Azii. – Toshkent: Fan, 1970.