SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA OCR TEXNOLOGIYASINI QO‘LLAGAN HOLDA TASVIRLARDAGI MATNLARNI AQLLI TANISH VA TAHLIL QILUVCHI DASTUR MAJMUASINI YARATISH.
Keywords:
OCR, Sun’iy intellekt, Matn tanish, Tasvirlarni tahlil qilish.Abstract
Ushbu maqolada OCR (Optical Character Recognition) texnologiyasi va sun’iy intellekt asosida tasvirlardagi matnlarni avtomatik tanish va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi tizim ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tavsiya etilgan yondashuv matnlarni aniqlik bilan ajratish, segmentatsiya qilish va kontekst asosida tahlil qilishni ta’minlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt yordamida OCR tizimlarining aniqligi sezilarli darajada oshadi.