O‘ZBEK TILI IBORALARIDA LEKSIK VARIANTLANISH HODISASI

Authors

  • Qudratov Doston Author
  • Nurullayeva Iroda Author

Keywords:

Ibora, leksik variantlanish, so‘z, leksikologiya, frazeologizm, lug‘at

Abstract

Tilning soʻz xazinasi nutqiy ifodalilikning oʻziga xos asosiy va birlamchi manbalaridan biridir. Soʻzlanayotgan nutq tinglovchi yoki oʻquvchiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi uchun u ham shakl jihatidan, ham mazmun jihatidan diqqatni oʻziga jalb eta oladigan boʻlishi kerak. Tilda nutq ifodaliligini ta’minlovchi vositalar juda koʻp va xilma-xildir. Maqollar, hikmatli soʻzlar, turli koʻchim va iboralarni qoʻllash orqali nutqimizni jozibali va tushunarli qilishimiz mumkin. Bu kabi vositalardan еtarlicha xabardor boʻlish nutq tuzuvchi nutqining ifodalilik sifatini yanada oshiradi.

Downloads

Published

2026-01-20